O`zbekiston Professional futbol ligasi mutaxassislarni ishga qabul qilish bo`yicha tanlov boshlanganligini e`lon qiladi.
O`zbekiston Professional Futbol Ligasi quyidagi bo`limlariga mutaxassislar tanlov asosida ishga taklif qilinadi:
· Sport bo`limi;
· Marketing bo`limi;
· Matbuot xizmati (ingliz, rus va o`zbek tillarini biladigan jurnalistlar);
Shuningdek,
- Buxgalter;
- Kassir;
- Yuriskonsult;
- Xalqaro aloqalar bo`yicha mutaxassis;
- Futbol ishqibozlari bilan ishlash bo`yicha mutaxassis;
- Kotib/ish yurituvchi;
- Haydovchilar ham ishga taklif qilinadi.
Nomzodlar quyidagi umumiy talablarga javob berishi kerak:
- soha bo`yicha ma`lumotga ega bo`lishi;
- futbol va sport sohasidagi strukturadagi ish tajribasi;
- futbol va sport sohasidagi me`yoriy xujjatlar haqida bilimga ega bo`lishi;
- xorijiy (rus, ingliz va boshqa) tillarni bilishi;
- kompyuter va internetdan samarali foydalanish, prezentatsiyalarni tayyorlashni o`zlashtirgan bo`lishi;
- Toshkent shahri va Toshkent viloyatining Zangiota, Qibray va Toshkent tumanlarida doimiy ro`yxatdan o`tgan bo`lishi;
Nomzodlar o`zi haqidagi ma`lumotnoma (rezyume)ni info@the-uff.com elektron pochta manzili yoki +99871 230-90-51 faksga yuborishlari kerak. Komissiya tomonidan saralab olingan nomzodlarga tashkiliy qo`mita tomonidan xabar beriladi va suhbatga taklif etiladi.