Rustam Bobomurodov hakamlikdan chetlatildi

20.09.2017

Rustam Bobomurodov hakamlikdan chetlatildi

O`zbekiston Futbol Federatsiyasi Prezidenti Umid Ahmadjonovning topshirig`i asosida Hakamlar va inspektorlar qo`mitasining navbatdagi majlisi chaqirilib, unda Rustam Bobomurodovning hakamligi yuzasidan yakuniy qaror qabul qilindi.

Shu yilning 16 sentyabrida Buxoro shahrida bo`lib o`tgan Oliy Liga 21-turi doirasidagi “Buxoro”-“Dinamo” uchrashuvini boshqargan Rustam Bobomurodovning hakamligini O`FF hakamlar va inspektor ilmiy-uslubiy ta`minoti bo`limi ko`rib chiqdi. Bo`lim boshlig`i Arslon Xatamov yakunda Rustam Bobomurodovga qoniqarsiz 4 ball qo`ydi.

Hakamlar va inspektorlar boshqarmasi boshlig`i Noil Lutfullin qo`mita yig`ilishida so`zga chiqib Rustam Bobomurodov masalasi bo`yicha “Hakamlarning tartib-intizom kodeksi” asosida qaror qabul qilishni taklif qildi. Natijada oliy liganing 21-tur o`yinlari doirasida o`tkazilgan “Buxoro”-“Dinamo” o`yinida bir necha jiddiy xatolarga yo`l qo`ygan Rustam Bobomurodovning xizmat haqi yuz foizga kamaytirilib, hakamlikdan butunlay chetlatildi.

Alohida qayd etish kerakki, so`nggi paytlarda O`FF Prezidenti Umid Ahmadjonovning virtual qabulxonasiga Rustam Bobomurodovning masalasi yuzasidan qanday qaror qabul qilinganligi to`g`risidagi murojaatlarning oqimi kuchaygan edi.

cola
apex
mib
mib
mib
mib