Shu yilning 4 iyun kuni O`zbekiston Birinchi ligasi 13-turida «Surxon» jamoasi Termizda «Andijon» klubini qabul qilib, 2:2 hisobida durang o`ynagan edi.
Uchrashuvning 90+4-daqiqasida har ikki jamoaning 4 nafardan futbolchisi, shuningdek, «Surxon» shifokori maydondan chetlatilgandi.
PFL Reglamenti (Tartib-intizom kodeksi 5-modda, 2-bo`lim, 5.40 bandi hamda 5-modda, 4-bo`lim, 5.37 bandi)ni buzgani uchun «Surxon» va «Andijon» futbol klublari jarimaga tortildi.
“Surxon” klubi yarim himoyachisi Timur Mamadaliev (Tartib-intizom kodeksi 3-bo`lim, 5.45 bandi va “i”, “p” bandlariga asosan) 9ta uchrashuvga chetlatildi va jarimaga tortildi.
“Surxon” himoyachisi Sanjar Shomurodov (Tartib-intizom qo`mitasi 3-bo`lim, 5.45 bandi va “e”, “i”, “k”, “o” hamda “p” bandlariga asosan) mavsum oxiriga qadar chetlatildi va jarimaga tortildi.
“Surxon” himoyachisi Najmiddin Normurodov 5ta uchrashuvga diskvalifikatsiya qilindi va jarimaga tortildi.
“Surxon” hujumchisi Akmal Abdurahmonov 2ta uchrashuvga chetlatildi va jarimaga tortildi.
“Surxon” klubi vrachi Fahriddin Abdusamatov agressiv hatti-harakatlari hamda “Andijon” PFK futbolchisiga jarohat etkazgani uchun egallab turgan lavozimidan chetlatildi va bundan buyon O`FF hamda PFL tasarrufidagi musobaqalarda ishlash vakolatidan mahrum etildi.
“Andijon” yarim himoyachisi Ibrohim Otaxonov 4ta o`yinga chetlatildi va jarimaga tortildi.
“Andijon” yarim himoyachisi Farhod Bekmurodov 3ta uchrashuvga chetlatildi va jarimaga tortildi.
“Andijon” yarim himoyachisi Sanjar Asqaraliev 4ta uchrashuvga chetlatildi va jarimaga tortildi.
“Andijon” himoyachisi Akbar Xo`jaev 2ta uchrashuvga diskvalifikatsiya qilindi va jarimaga tortildi.
Agar mazkur holat yana takrorlansa, «Surxon» va «Andijon klublariga nisbatan yanada qattiqqo`l choralar qo`llaniladi. Shuningdek, har ikki klubning rahbarlari va murabbiylar shtabi egallab turgan lavozimlari muvofqiligi ko`rib chiqiladi.