Tartib-intizom qo`mitasi yig`ilishi bo`lib o`tdi.
Oliy Liga
“Buxoro” bosh murabbiyi Ulug`bek Baqoev “Navbahor”ga qarshi 11-tur uchrashuvidagi agressiv hatti-harakati uchun bir o`yinga chetlatildi va jarimaga tortildi.
“Buxoro” klubiga qarshi 11-tur uchrashuvida agressiv hatti-harakati uchun maydondan chetlatilgan “Navbahor” bosh murabbiyi Ilhom Mo`minjonov bir o`yinga chetlatildi va jarimaga tortildi.
“Buxoro” klubiga qarshi 11-tur uchrashuvida raqibining yuziga qo`li bilan zarba bergani uchun maydondan chetlatilgan “Navbahor” yarim himoyachisi Oybek Qilichev 2ta o`yinga diskvalifikatsiya qilindi va jarimaga tortildi.
“Neftchi” yarim himoyachisi Muzaffar Muzaffarov “Qizilqum”ga qarshi 11-tur uchrashuvidagi agressiv hatti-harkati uchun 2ta uchrashuvga diskvalifikatsiya qilindi.
Yoshlar Birinchiligi
“So`g`diyona”ga qarshi 10-tur uchrashuvida uchrashuv bosh hakamini haqorat qilgani uchun maydondan chetlatilgan “Metallurg” klubi massajchisi Rodion Sarichev jarimaga tortildi va shu kabi holat yana takrorlanadigan bo`lsa jiddiyroq jazo chorasi qo`llanishi haqida ogohlantirildi.
Birinchi Liga
“Surxon”ga qarshi 11-tur uchrashuvida jiddiy qoida buzgani uchun maydondan chetlatilgan “Orol” himoyachisi Maqsud Kannazarov 2ta uchrashuvga chetlatildi.
Kubok
“Neftchi”ga qarshi 1/8 bosqichining ilk uchrashuvida agressiv hatti-harakati uchun maydondan chetlatilgan “Navbahor” himoyachisi Alisher Samatov 2ta uchrashuvga diskvalifikatsiya qilindi.