Tartib-intizom qo`mitasi qarorlari

10.05.2017

Tartib-intizom qo`mitasi qarorlari

Tartib-intizom qo`mitasi yig`ilishi bo`lib o`tdi.

Yoshlar Birinchiligi
«Navbahor»ga qarshi 8-tur uchrashuvida raqib sha`niga noma`qul fikrlar bildirgani uchun maydondan chetlatilgan «Paxtakor» yarim himoyachisi Kamron Saidazimov 3 ta o`yinga diskvalifikatsiya qilindi va jarimaga tortildi.

«Neftchi»ga qarshi 8-tur uchrashuvida tajovuzkor xulqi uchun maydondan chetlatilgan «Olmaliq» himoyachisi Xurshidbek Muxtorov 2 ta o`yinga diskvalifikatsiya qilindi.

«Olmaliq»ga qarshi 8-tur uchrashuvida tajovuzkor xulqi uchun maydondan chetlatilgan «Neftchi» himoyachisi Mirjamol Ne`matov 2 ta o`yinga diskvalifikatsiya qilindi.

«Lokomotiv»ga qarshi 8-tur uchrashuvida hakam yordamchisi sha`niga noma`qul fikrlar bildirgan «Obod» murabbiyi Vladimir Tigay jarimaga tortildi va shunday holat yana takrorlansa, Musobaqalar reglamentiga muvofiq, jarima jazolari qo`llanilishi haqida ogohlantirildi.

«Bunyodkor»ga qarshi 9-tur uchrashuvida tajovuzkor xulqi uchun maydondan chetlatilgan «Metallurg» yarim himoyachisi Muhammadazim Nurmatov 3 ta o`yinga diskvalifikatsiya qilindi.

Birinchi Liga
«Andijon»ga qarshi 6-tur uchrashuvida tajovuzkor xulqi uchun maydondan chetlatilgan «Tsementchi» himoyachisi Davron Mamatov 2 ta o`yinga diskvalifikatsiya qilindi va jarimaga tortildi.

«Tsementchi»ga qarshi 6-tur uchrashuvida tajovuzkor xulqi uchun maydondan chetlatilgan «Andijon» hujumchisi Anvar Berdiev 2 ta o`yinga diskvalifikatsiya qilindi va jarimaga tortildi.

«Surxon»ga qarshi 8-tur uchrashuvida raqibining yuziga bosh bilan zarba bergani uchun maydondan chetlatilgan «Norin» yarim himoyachisi Shukur Jumaboev 3 ta o`yinga diskvalifikatsiya qilindi.

«Zomin»ga qarshi 8-tur uchrashuvida chetlatilgan «Lokomotiv-BFK» yarim himoyachisi Dostonbek Bahromov 2 ta o`yinga diskvalifikatsiya qilindi.

cola
apex
mib
mib
mib
mib