Tartib-intizom qo`mitasi qarorlari

26.04.2017

Tartib-intizom qo`mitasi qarorlari

Tartib-intizom qo`mitasining navbatdagi yig`ilishi bo`lib o`tdi.

Oliy Liga

"Neftchi"ga qarshi uchrashuvda juda agressiv hatti-harakati uchun maydondan chetlatilgan "So`g`diyona" futbolchisi S. Qulmatov 3ta o`yinga chetlatildi va jarimaga tortildi.

O`zbekiston Birinchiligi

"Orol" futbolchisi M. Karlosboev "Nurafshon"ga qarshi uchrashuvda jiddiy qoida buzgani uchun 3ta o`yinga chetlatildi.

Yoshlar Birinchiligi

"Mash`al" futbolchisi S. Hamidov "Qo`qon-1912"ga qarshi uchrashuvda zaxira hakamini haqorat qilgani uchun 3ta o`yinga diskvalifikatsiya qilindi.

"Sho`rtan" hamda "Paxtakor" klublari o`rtasidagi uchrashuvda agressiv hatti-harakatlari uchun "Sho`rtan" futbolchisi J. Xolto`raev 2ta o`yinga chetlatildi. Shuningdek, klub rahbariyati stadiondagi jamoat tartibini saqlashi yuzasidan ogohlantirildi. Ushbu vaziyat yana takrorlansa, klub musobaqa reglamentiga asosan jarimaga tortiladi.

"Sho`rtan" hamda "Paxtakor" klublari o`rtasidagi uchrashuvda agressiv harakatlari uchun maydondan chetlatilgan "Paxtakor" futbolchisi H. Alijonov 2ta o`yinga chetlatildi.

"Qo`qon-1912" klubiga qarshi uchrashuvdagi agressiv hatti-harakatlari uchun "Metallurg" futbolchisi Z. Ahmadjonov 2ta o`yinga diskvalifikatsiya qilindi.

"Qo`qon-1912" hamda "Metallurg" klublari o`rtasidagi uchrashuvda agressiv hatti-harakati uchun maydondan chetlatilgan "Metallurg" futbolchisi M. Hasanov 2ta o`yinga diskvalifikatsiya qilindi.

cola
apex
mib
mib
mib
mib