OFK "Ligalarni rivojlantirish dasturi" asosida Oliy Liga vakillari bilan seminar bo`lib o`tdi

19.04.2017

OFK

O`zbekiston Futbol Federatsiyasi anjumanlar zalida Osiyo Futbol Konfederatsiyasi milliy futbol assotsiyatsiyalarini rivojlantirish bo`yicha ofitseri Yogesh Desai hamda Oliy Liga futbol klublari rahbarlari ishtirokida uchrashuv bo`lib o`tdi.

Mazkur tadbir davomida OFK vakili yig`ilish ishtirokchilarini OFKning milliy futbol assotsiyatsiyalarini rivojlantirishga qaratilgan dasturi bilan tanishtirdi.

Ta`kidlash lozim, avvalroq O`zbekiston Futbol Federatsiyasi "Futbol ligasini rivojlantirish dasturiga" kirish uchun zayavka topshirgan va Osiyo Futbol Konfederatsiyasi ushbu zayavkani ma`qullagan holda, O`zbekiston Futbol Federatsiyasini ushbu dasturga kiruvchi 35ta Futbol Assotsiyatsiyalari ro`yxatiga kiritgan edi. Mazkur dasturga Janubiy Koreya, Avstraliya, Saudiya Arabistoni, Eron, Qatar kabi davlatlar milliy assotsiyatsiyalari ham kiradi. Ma`lumot uchun, "Liga rivojlantirish dasturi" - OFKning milliy assotsiyatsiyalar ligalarini rivojlantirishga qaratilgan loyihasi hisoblanadi. Ushbu loyiha "Liga hamda klublar menejmenti", "Uchrashuvlarni tashkil qilish va o`tkazish", "Liga marketingi" hamda "Liga infratuzilmasi" kabi savollarni qamrab olgan.

Ta`kidlash lozim, ayni damda OFKning yuqorida ta`kidlangan loyiha dasturi asosida O`zbekiston Professional Futbol Ligasi O`zbekiston Chempionati uchrashuvlarini onlayn tarzda translyatsiya qilish hamda Oliy Liga futbolchilarini elektron ro`yxatga olish kabi loyihalari ustida ishlamoqda. Shuningdek, O`zbekiston Professional Futbol Ligasi Liga klublari marketingini rivojlantirish va yaxshilashga qaratilgan dastur borasida ham ishlash niyati borligini ta`kidlagan.

cola
apex
mib
mib
mib
mib