O`zbekiston chempionatida ilk bor darvoza ortidagi hakamlar sinovdan o`tkazildi

13.04.2017

O`zbekiston chempionatida ilk bor darvoza ortidagi hakamlar sinovdan o`tkazildi

O`zbekiston chempionati birinchi ligasi 3-turidan o`rin olgan “NBU-Osiyo” – “Zomin” uchrashuvida birinchi marta darvoza ortidagi hakamlar sinovdan o`tkazildi. 

“NBU-Osiyo” va “Zomin” o`rtasidagi o`yin bugun, 13 aprel kuni Toshkentdagi “Yoshlik” stadionida o`tkazildi. Unda 3:1 hisobida Zomin klubi g`alaba qozondi.

FIFA referisi Ravshan Ermatov uchrashuv bosh hakami sifatida ishladi. Unga qanotlarda Abduhamidillo Rasulov va Jahongir Saidov yordam berdi. Sherzod Qosimov va Ilgiz Tantashev darvoza ortida ishladi.

Ta`kidlash lozim, uchrashuvda darvoza ortidagi hakamlardan foydalanish hozircha faqatgina tajriba sifatida qo`llanildi. Keyinchalik, darvoza ortidagi hakamlardan foydalanish tizimi to`liq yo`lga qo`yilishi borasida bir to`xtamga kelinadi.

cola
apex
mib
mib
mib
mib