O`zbekiston Chempionati-2017 va Kubogi bahslari uchun akkreditatsiya jarayoni boshlandi

02.02.2017

O`zbekiston Chempionati-2017 va Kubogi bahslari uchun akkreditatsiya jarayoni boshlandi

O`zbekiston Professional futbol ligasi matbuot xizmati 2017 yilgi O`zbekiston chempionati va Kubogi o`yinlari uchun ommaviy axborot vositalari vakillarini akkreditatsiyadan o`tkazish jarayonini boshlanganini e`lon qiladi.

2017 yilgi O`zbekiston Chempionati bahslari 3 mart kuni start oladi.

O`zbekiston Chempionati va Kubogi bahslarini stadiondan turib yoritishni maqsad qilgan OAV xodimlari 2017 yilning 2-15 fevral sanalari oralig`ida akkreditatsiya zayavkasini O`zPFL matbuot xizmati elektron pochtasiga (media@the-uff.com) jo`natishlari kerak. Akkreditatsiya zayavkasi namunasi va talablari bilan O`zPFL rasmiy saytining «Hujjatlar» bo`limidagi «Akkreditatsiyadan o`tkazish tartibi» faylini ko`chirib olish orqali tanishish mumkin.

Ma`lumot o`rnida, 2013 yildan O`zPFL Matbuot xizmati tomonidan «Akkreditatsiyadan o`tkazish tartibi» ishlab chiqilgan bo`lib, unda jurnalistlarga akkreditatsiya berishda ular ishlaydigan OAVning muhimlik darajalari belgilab chiqilgan. Jumladan, O`zbekiston qonunchiligiga asosan ro`yxatdan o`tgan va kundalik tashrif buyuruvchilari soni 5000dan ortiq bo`lgan sportga ixtisoslashgan internet-nashrlarining muhimlik darajasi nisbatan yuqori hisoblanadi.

cola
apex
mib
mib
mib
mib