O`zbekiston Kubogiga qur`a tashlandi

01.02.2017

O`zbekiston Kubogiga qur`a tashlandi

O`FF anjumanlar zalida O`zbekiston Kubogi yangi mavsumiga qur`a tashlandi.

Birinchi bosqich saralash bosqichi.

Bu yilgi O`zbekiston Kubogi o`yinlari mart oyida start oladi va O`zbekiston Kubogi 1/16 finaliga Birinchi Ligadan yo`llanma oladigan klublar aniqlanadi. Raqiblar O`zPFL tomonidan tashlangan qur`aga ko`ra aniqlanadi. Raqiblar mintaqaviy printsipga ko`ra aniqlanadi va qur`a natijalariga ko`ra, setkaning yuqori qismidan o`rin olgan jamoa mazkur bosqichda mezbon sifatida harakat qiladi.

Ikkinchi bosqich. 1/16 final.

Mazkur bosqichda Oliy Liga va Birinchi Liga jamoalari, shuningdek, dastlabki bosqichdan muvaffaqiyatli o`tgan Birinchi Liga jamoalari ishtirok etishadi. Qur`aga ko`ra, mazkur bosqichda ishtirok etadigan jamoalar 1dan 14gacha raqamda setkadagi o`z o`rinlariga ega bo`lishdi. O`tgan yilgi O`zbekiston chempioni – “Lokomotiv” PFK hamda kumush medal sohibi “Bunyodkor” klublari turnirga 1/8 final bosqichidan qo`shilishlari bois, mazkur bosqichda ishtirok etishmaydi.

Ushbu bosqich o`yinlari bir o`yindan iborat va bu bosqichda setkaning yuqori qismidan o`rin olgan jamoalar, ya`ni Birinchi Liga jamoalari mezbonlik qilishadi.

Ta`kidlash joiz, dastlabki ikki bosqich o`yinlari asosiy vaqtda durang bilan yakunlansa, reglamentga binoan tanaffussiz 15 daqiqadan iborat ikkita qo`shimcha bo`limlar belgilanadi. Asosiy va qo`shimcha vaqt orasidagi tanaffus 5 daqiqadan oshmasligi kerak. Agar qo`shimcha vaqtda ham durang natija qayd etilsa, u holda g`olib penaltilar seriyasida aniqlanadi.

1/8 final.

Ishtirok etadilar: 1/16 final g`oliblari, qur`aga ko`ra setkaning ikki qismidan joy olgan “Lokomotiv” PFK, “Bunyodkor” PFK klublari ham o`z ishtirokini aynan ushbu bosqichdan boshlaydilar. Ta`kidlash joiz, “Lokomotiv” PFK setkaning I qismidan o`rin olgan bo`lsa, “Bunyodkor” PFK setkaning II qismidan o`rin oldi. Ushbu bosqich o`yinlari ikki o`yindan iborat tarzda o`tadi va dastlabki o`yinga turnir setkasining yuqorisidan o`rin olgan klublar mezbonlik qiladi.

1/4 final.

Ishtirok etadilar: 1/8 final g`oliblari. Juftlik g`oliblari ikki o`yin natijasiga ko`ra aniqlanadilar. Uy-safar tartibi qur`aga ko`ra aniqlanadi.

½ final.

Ishtirok etadilar: ¼ final g`oliblari. G`olib ikki o`yin natijasiga ko`ra aniqlanadi va dastlabki o`yinga qaysi jamoa mezbonlik qilishi qur`aga ko`ra aniqlanadi.

O`zbekiston Kubogi – 2017.

Dastlabki bosqich. 19 mart

 «G`allakor-Barsa” (G`allaorol) – “Neftchi” (Jarqo`rg`on)

“Istiqlol” (Farg`ona) – “Yangier” (Yangier)

 

1/16 final. 24-25 mart

«Norin» (Xaqqulobod) – «Qizilqum» (Navoiy)

 «Orol» (Nukus) – «So`g`diyona» (Jizzax)

«Uz-Dong-Ju» (Andijon) – «Buxoro» (Buxoro)

«Gallakor-Barsa» - «Neftchi» juftligi g`olibi - «Qo`qon-1912» (Qo`qon)

«NBU-Osiyo» (Toshkent) – «Metallurg» (Bekobod)

«Nurafshon» (Buxoro) – «Paxtakor» (Toshkent)

«Lokomotiv-BFK» (Toshkent) – «Nasaf» (Qarshi)

«Zomin» (Zomin) – «Dinamo» (Samarqand)

«Tsementchi» (Quvasoy) – «Olmaliq» (Olmaliq)

«Yoz`yovon-Lochinlari» (Yoz`yovon) – «Obod» (Tashkent)

«Istiqlol» - «Yangier juftligi g`olibi – «Mash`al» (Muborak)

«Andijon» (Andijon) – «Neftchi» (Farg`ona)

«Xorazm» (Urganch) – «Navbahor» (Namangan)

«Xotira-79» (Uychi) – «Sho`rtan» (G`uzor)

 

 “Lokomotiv” hamda “Bunyodkor” musobaqaga 1/8 finaldan qo`shiladilar. Qur`aga ko`ra “Lokomotiv” turnir setkasining yuqori qismidan o`rin olgan bo`lsa, “Bunyodkor” pastki qismdan o`rin oldi.

 

 

1/8 final:

«Lokomotiv» - «Norin» - «Qizilqum» juftligi g`olibi.

«Bunyodkor» - «Xotira-79» - «Sho`rtan» juftligi g`olibi.

cola
apex
mib
mib
mib
mib