"Nasaf"ga bronza medallar topshirildi

29.12.2016

Qarshi shahrida ushbu mavsumda bronza medallarni qo`lga kiritgan "Nasaf" klubini taqdirlash marosimi bo`lib o`tdi.

Ta`kidlash lozim, Qarshining "Nasaf" klubi o`z tarixida 10-marotaba O`zbekiston Chempionati bronza medallarini qo`lga kiritdi. Shuningdek, "Nasaf" ushbu mavsumda O`zbekiston Superkubogini qo`lga kiritdi hamda ushbu mavsum O`zbekiston Kubogi finalchisiga aylandi.

"Nasaf" PFKga taqdirlash marosimida bronza medallar hamda maxsus diplomlar topshirildi.

 

Qarshining "Nasaf" klubi rahbariyati shuningdek, mavsum davomida o`zini ko`rsatgan ayrim futbolchilarga bir qator nominatsiyalar bo`yicha individual sovrinlarni taqdim qildi.

cola
apex
mib
mib
mib
mib