O`zbekiston Kubogi finalini yoritish istagidagi OAV xodimlari diqqatiga.
Samarqand shahrida 30 noyabr kuni 2016 yilgi O`zbekiston Kubogi final uchrashuvi bo`lib o`tadi.
Unda «Nasaf» hamda «Bunyodkor»/«Lokomotiv» juftligi g`olibi o`zaro bahs olib boradi. Qur`a natijasiga ko`ra, «Bunyodkor»/«Lokomotiv» juftligi g`olibi finalning nominal mezboniga aylangan.
Shu munosabat bilan, O`zPFL matbuot xizmati tomonidan 2016 yilgi O`zbekiston Kubogi final uchrashuvini yoritish istagidagi ommaviy axborot vositalari xodimlari ro`yxatga olinmoqda. Uchrashuvga OAV xodimlari shu ro`yxat bo`yicha kiritiladi.
Ro`yxatdan o`rin olish uchun, OAV xodimlaridan media@the-uff.com elektron pochta manzili yoki (+99871) 230-90-41 telefon raqami orqali zayavka berishni so`raymiz. Zayavkada OAV nomi, OAV xodimining ismi-sharifi, lavozimi ko`rsatib o`tilishi lozim.