Farg`onaning «Istiqlol» klubi jismoniy tarbiya jamoalari, Ikkinchi Liga klublari, Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar kubogi sohiblari o`rtasida 2016 yilgi O`zbekiston Kubogi g`olibiga aylandi.
Musobaqa finalida Farg`ona klubi Jarqo`rg`onning «Neftchi» jamoasini 1:0 hisobida mag`lub etdi.
Eslatib o`tamiz, musobaqa Buxoroda bo`lib o`tdi.
Final. 12 oktyabr
«Istiqlol» (Farg`ona) – «Neftchi» (Jarqo`rg`on) – 1:0