«Istiqlol» va «Neftchi» finalga chiqdi

11.10.2016

«Istiqlol» va «Neftchi» finalga chiqdi

Farg`onaning «Istiqlol» va Jarqo`rg`onning «Neftchi» jamoalari jismoniy tarbiya jamoalari, Ikkinchi Liga klublari, Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar kubogi sohiblari o`rtasida 2016 yilgi O`zbekiston Kubogi finaliga chiqdi.

Farg`ona klubi yarim final bahsida Urganchning OAZSK jamoasini 2:0 hisobida mag`lub etgan bo`lsa, «Neftchi» Samarqandning «Sochak» klubi ustidan 3:2 hisobida zafar quchdi.

Final uchrashuvi 12 oktyabr kuni bo`lib o`tadi. Eslatib o`tamiz, musobaqa Buxoroda tashkil etildi.

Yarim final
OAZSK (Urganch) – «Istiqlol» (Farg`ona) – 0:2
«Neftchi» (Jarqo`rg`on) – «Sochak (Samarqand) – 3:2

cola
apex
mib
mib
mib
mib