Tartib-intizom qo`mitasining navbatdagi yig`ilishi bo`lib o`tdi.
Oliy Liga
«Metallurg»ga qarshi 21-tur uchrashuvida raqib o`yinchilari sha`niga noma`qul fikrlarni bildirgani uchun chetlatilgan «Paxtakor» murabbiyi Anvar Rashidov jarimaga tortildi va shunday holatlar yana takrorlanadigan bo`lsa, yanada qat`iy choralar ko`rilishi haqida ogohlantirildi.
«So`g`diyona»ga qarshi 21-tur uchrashuvida qoidalarni qo`pol ravishda buzgani uchun chetlatilgan «Andijon» himoyachisi Bobur Akbarov 2 o`yinga diskvalifikatsiya qilindi va jarimaga tortildi.
Yoshlar Birinchiligi
«So`g`diyona»ga qarshi 21-tur uchrashuvida tajovuzkor xulqi uchun chetlatilgan «Andijon» hujumchisi Azamat Bobojonov 2 o`yinga diskvalifikatsiya qilindi.
O`zbekiston Birinchiligi
«Tsementchi»ga qarshi 25-tur uchrashuvida hakam sha`niga noma`qul fikrlarni bildirgan «Uz-Dong-Ju» hujumchisi Islomjon Karimov 3 o`yinga diskvalifikatsiya qilindi va jarimaga tortildi.
«Mash`al-2»ga qarshi 26-tur uchrashuvida hakamlar brigadasi sha`niga noma`qul fikrlarni bildirgan «Kosonsoy» murabbiyi Olim Tursunxo`jaev jarimaga tortildi va shunday holatlar yana takrorlanadigan bo`lsa, yanada qat`iy choralar ko`rilishi haqida ogohlantirildi.