Tartib-intizom qo`mitasi qarorlari

18.08.2016

Tartib-intizom qo`mitasi qarorlari

Tartib-intizom qo`mitasining navbatdagi yig`ilishi bo`lib o`tdi va unda quyidagi qarorlar qabul qilindi.

Oliy Liga
«Paxtakor»ga 18-tur uchrashuvida raqibi sha`niga noma`qul fikr bildirgani uchun maydondan chetlatilgan «Buxoro» yarim himoyachisi Artyom Filiposyan 1 ta o`yinga diskvalifikatsiya qilindi va jarimaga tortildi.

«Buxoro»ga qarshi 18-tur uchrashuvida raqibi sha`niga noma`qul fikr bildirgani uchun maydondan chetlatilgan «Paxtakor» himoyachisi Davron Hoshimov 1 ta o`yinga diskvalifikatsiya qilindi va jarimaga tortildi.

Yoshlar Birinchiligi
«Paxtakor»ga qarshi 18-tur uchrashuvida tajovuzkor xulqi uchun maydondan chetlatilgan «Buxoro» yarim himoyachisi Xurshidxon Olimov 2 ta o`yinga diskvalifikatsiya qilindi.

«Qizilqum»ga qarshi 18-tur uchrashuvida hakam yordamchisi sha`niga noma`qul fikrlar bildirgani uchun maydondan chetlatilgan «Olmaliq» darvozaboni Nizomitdin Ziyovutdinov 3 ta o`yinga diskvalifikatsiya qilindi.

Birinchi Liga

«Tsementchi»ga qarshi 20-tur uchrashuvida hakam sha`niga noma`qul fikrlar bildirgani uchun maydondan chetlatilgan «Nasaf-2» yarim himoyachisi Navro`z Izzatullaev 3 ta o`yinga diskvalifikatsiya qilindi.

cola
apex
mib
mib
mib
mib