Tartib-intizom qo`mitasi qarorlari

06.06.2016

Tartib-intizom qo`mitasi qarorlari

Tartib-intizom qo`mitasining navbatdagi yig`ilishi o`tkazildi.

Oliy Liga
"Bunyodkor" klubi himoyachisi Otabek Shukurov "Nasaf"ga qarshi 10-tur uchrashuvidagi agressiv hatti-harakatlari uchta o`yinga diskvalifikatsiya qilindi va jarimaga tortildi.

Yoshlar Birinchiligi
"Qizilqum"ga qarshi 10-tur uchrashuvida jiddiy qoidabuzarlik uchun maydondan chetlatilgan "Metallurg" yarim himoyachisi Sunnatila Ermatov ikkita o`yinga chetlatildi.

"Buxoro"ga qarshi 10-tur uchrashuvida hakamni haqorat qilgani uchun maydondan chetlatilgan "Navbahor" murabbiyi Durbek Umaraliev jarimaga tortildi hamda ogohlantirildi. Shunga o`xshash holat yana takorolanadigandek bo`lsa, murabbiyga nisbatan jiddiyroq sanktsiyalar qo`llaniladi.

O`zbekiston Kubogi
"Navbahor" klubi himoyachisi Hayrulla Karimov "Qo`qon-1912" klubiga qarshi uchrashuvda o`yin vaqtida raqibining ko`kragiga qo`li bilan zarba bergani uchun ikkita o`yinga chetlatildi va jarimaga tortildi.

O`zbekiston Birinchiligi
"Oqtepa" klubi himoyachisi Timur Yafarov "Orol" klubiga qarshi 10-tur uchrashuvida raqib futbolchisini haqorat qilgani uchun ikki o`yinga chetlatildi.

"G`ijduvon" klubiga qarshi 12-tur o`yinida hakam yordamchisini haqorat qilgani uchun maydondan chetlatilgan "Orol" yarim himoyachisi Islombek Seytnazarov 3ta o`yinga chetlatildi.

"G`ijduvon" himoyachisi Mirzo Tursunov "Orol"ga qarshi 12-tur uchrashuvida hakamni haqorat qilgani uchun 3ta o`yinga chetlatildi.

"Orol"ga qarshi o`yindan so`ng maydondan tashqarida uchrashuv hakamlarini haqorat qilgani va agressiv hatti-harakatlari uchun "G`ijduvon" hujumchisi Mansur Otaqulov 2ta o`yinga diskvalifikatsiya qilindi.

"Yozyovon-Lochinlari" himoyachisi Umidjon Hoshimov "Norin"ga qarshi uchrashuvda hakamni haqorat qilgani uchun 3ta o`yinga chetlatildi.

"Yozyovon-Lochinlari" klubi himoyachisi Jasurbek Saidov "Norin"ga qarshi uchrashuvda hakam yordamchisini haqorat qilgani uchun 3ta o`yinga chetlatildi.

"Yozyovon-Lochinlari" klubi yarim himoyachisi Habibulla Buvvataev "Norin"ga qarshi 12-tur uchrashuvida hakamni haqorat qilgani uchun 3ta o`yinga chetlatildi.

"Oqtepa" klubi yarim himoyachisi Karen Abramov "Nbu-Osiyo" klubiga qarshi uchrashuvda muxlisni haqorat qilgani uchun 2ta uchrashuvga chetlatildi.
 

cola
apex
mib
mib
mib
mib