“Oqtepa” PFK O`zbekiston Birinchiligi-2016 ishtirokchilari safidan chiqarildi

01.06.2016

“Oqtepa” PFK O`zbekiston Birinchiligi-2016 ishtirokchilari safidan chiqarildi

O`zbekiston Professional Futbol Ligasi Ijroqo`mi qaroriga ko`ra, "Oqtepa" klubi moliyaviy muammolar, shuningdek, musobaqada ishtirok etish uchun to`lanishi lozim bo`lgan badal pullarini belgilangan muddatda to`lay olmagani, tibbiy ko`rik hamda jarima sanktsiyalari uchun to`lanishi lozim bo`lgan qarzlarni to`lay olmagani tufayli O`zbekiston Birinchiligi-2016 ishtirokchilari ro`yxatidan chiqarildi.

Mazkur qaror 2016 yilgi musobaqa reglamenti, Tartib-intizom kodeksining 5-modda, 1-bo`lim, 5.33 punktiga asosan qabul qilingan.

"Oqtepa" klubi 2016 yilgi musobaqa reglamentiga asosan, ushbu mavsumda belgilangan o`yinlarning yarmini ham o`tkazmagani bois, uning ishtirokidagi mavsumdagi barcha o`yin hisoblari bekor qilindi. Ogohlantirishlar hamda chetlatishlar o`z kuchida qoldi.
 

cola
apex
mib
mib
mib
mib