"Lokomotiv" - "Paxtakor" uchrashuvi 12 may kuniga ko`chirildi

06.05.2016

Oliy Liga 9-turi doirasidagi "Lokomotiv" (Toshkent) – "Paxtakor" (Toshkent) uchrashuvi 13 maydan 12 may kuniga ko`chirildi. Mazkur o`zgarish, "Lokomotiv" klubining Osiyo Chempionlar Ligasi pley-off uchrashuvlariga jiddiy tayyorgarlik ko`rishini ta`minlash maqsadida amalga oshirildi.

Eslatib o`tamiz, Toshkentning "Lokomotiv" klubi O`zbekiston klublari orasida Osiyo Chempionlar Ligasi pley-off bosqichiga chiqa olgan yagona jamoa bo`ldi. Guruh bosqichini muvaffaqiyatli yakunlagan "Lokomotiv" klubi Osiyo Chempionlar Ligasi – 2016 nimchorak finalida Saudiya Arabistonining "Al Hilol" klubiga qarshi o`ynaydi.

Jamoalar o`rtasidagi birinchi o`yin 17 may kuni Saudiya Arabistoni poytaxti Ar Riyod shahrida bo`lib o`tsa, javob uchrashuvi Toshkentda 24 may kuni bo`lib o`tadi.

 

cola
apex
mib
mib
mib
mib