O`zPFL hamda O`zbekiston Birinchiligi klublari vakillari ishtirokida yig`ilish bo`lib o`tdi

05.05.2016

O`zPFL hamda O`zbekiston Birinchiligi klublari vakillari ishtirokida yig`ilish bo`lib o`tdi

O`zbekiston Professional Futbol Ligasi Bosh direktori Farhod Magametov O`zbekiston Birinchiligi bahslaridagi kamchiliklarni bartaraf etish masalasiga bag`ishlangan yig`ilish o`tkazdi.

Mazkur yig`ilishda O`zbekiston Birinchiligida ishtirok etuvchi klublar bosh murabbiylari, mazkur bahslarni boshqarib boradigan hakamlar va nazoratchilar ishtirok etishdi.

Yig`ilishda O`zbekiston Birinchiligi bahslaridagi hakamlik va boshqa masalalar muhokama qilindi. O`zPFL Bosh direktori Farhod Magametov yig`ilishda O`zbekiston Birinchiligi uchrashuvlarida ishlaydigan hakam va nazoratchilar ishini qoniqarsiz baholadi va ular o`z malakasini oshirishi kerakligini alohida ta`kidladi.

Shuningdek, O`zbekiston Birinchiligida ishtirok etuvchi klublar bosh murabbiylariga o`z jamoasi futbolchilarining professional mahoratini oshirishi lozimligi hamda jamoadagi tartib-intizom masalasiga jiddiyroq yondashishi kerakligi aytildi.

O`zbekiston Birinchiligi ayni damda Oliy Liga o`yinlariga mahoratli va iste`dodli futbolchilarni etkazib berish, shuningdek, kelajakda milliy terma jamoalarga munosib futbolchilarni tarbiyalashda muhim bosqich vazifasini o`tashi alohida ta`kidlandi.
 

cola
apex
mib
mib
mib
mib