Tartib-intizom qo`mitasi qarorlari

28.04.2016

Tartib-intizom qo`mitasi qarorlari

Tartib-intizom qo`mitasi yig`ilishi bo`lib o`tdi.

Oliy Liga
"Bunyodkor"ga qarshi 4-tur uchrashuvida agressiv hatti-harakati uchun maydondan chetlatilgan "Sho`rtan" himoyachisi Jamol Otaqulov 3ta o`yinga diskvalifikatsiya qilindi va jarimaga tortildi.

"Andijon"ga qarshi 6-tur uchrashuvida raqibining yuziga turtib yuborgani uchun maydondan chetlatilgan "So`g`diyona" himoyachisi Akmal Holmurodov 3ta uchrashuvga chetlatildi va jarimaga tortildi.

"Bunyodkor"ga qarshi 6-tur uchrashuvida hakamni haqorat qilgani uchun maydondan chetlatilgan "Obod" yarim himoyachisi Sanjar To`raqulov 3ta o`yinga diskvalifikatsiya qilindi va jarimaga tortildi.

Yoshlar Birinchiligi
"Olmaliq" yarim himoyachisi Farhod Imomov "Navbahor"ga qarshi 6-tur uchrashuvida hakamni haqorat qilgani uchun 3ta o`yinga chetlatildi.

O`zbekiston Birinchiligi
"Nbu-Osiyo" klubiga qarshi 3-tur uchrashuvida agressiv hatti-harakati uchun maydondan chetlatilgan "Paxtakor" himoyachisi Dilmurod Qodirov 2ta o`yinga diskvalifikatsiya qilindi.

"Tsementchi"ga qarshi 3-tur o`yinida raqib futbolchsini haqorat qilgani uchun maydondan chetlatilgan "Xotira-79" yarim himoyachisi Shuhrat Hamidov 2ta o`yinga diskvalifikatsiya qilindi.

"Norin"ga qarshi 5-tur uchrashuvida agressiv hatti-harakatlari uchun maydondan chetlatilgan "Xotira-79" himoyachisi Maqsud Haitov 2ta o`yinga diskvalifikatsiya qilindi.

"Norin" klubi vitse-prezidenti Davron Karimov "Xotira-79"ga qarshi 5-tur uchrashuvi yakunlangach hakamlar honasida uchrashuv hakamlarini haqorat qilgani hamda hakam yordamchisiga qarata baklajka uloqtirgani uchun birinchi davra yakunigacha diskvalifikatsiya qilindi va jarimaga tortildi. Shunga o`xshash holat takrorlanadigan bo`lsa, jiddiyroq chora ko`rilishi haqida ogohlantirildi.
 

cola
apex
mib
mib
mib
mib