Matbuot kotiblariga hayfsan e`lon qilindi

22.04.2016

Matbuot kotiblariga hayfsan e`lon qilindi

O`zbekiston nohavaskor va yarim professional futbol klublari o`rtasidagi 2016 yilgi musobaqalar Reglamentining 19-moddasi 19.22-bandiga muvofiq, Oliy Liga klublari matbuot kotiblari uy uchrashuvlari hisobotlari (uchrashuv protokoli nusxasi, fotosuratlar va boshqa ma`lumotlar)ni O`zPFLning rasmiy elektron pochtasi (media@the-uff.com)ga yo`llashlari shart.

Oliy Liga 5-turidan olgan “Lokomotiv” – “Mash`al”, “Nasaf” – “Qo`qon-1912”, “Metallurg” – “Obod” hamda “Buxoro” – “Andijon” uchrashuvlaridan so`ng mezbon jamoa matbuot xizmati hisobotlarni O`zPFLning rasmiy elektron pochtasiga yubormagan. Reglament talabiga bo`ysunmagani uchun, mazkur klublar qattiq ogohlantiriladi.

Alohida ta`kidlab o`tish joiz, Reglamentning 19-moddasi 19.22-bandi talablarini bajarmagan klublarga nisbatan Oliy Liga 6-tur uchrashuvlaridan boshlab moliyaviy jarima choralari qo`llaniladi.

cola
apex
mib
mib
mib
mib