Bugun Osiyo Chempionlar Ligasi – 2016guruh bosqichi 3-tur uchrashuvlari davom ettirildi.
Toshkentning "Bunyodkor" klubi 3-turi doirasida o`z maydonida Eronning "Zob Ohan" klubini qabul qildi va 0:0 hisobida durang o`ynadi.
Osiyo Chempionlar ligasi-2016
“V” guruhi, 3-tur
16 mart, chorshanba
“Bunyodkor” stadioni. Soat 18:00. 4567 tomoshabin.
“BUNYoDKOR” (O`zbekiston) – “ZOB OHAN” (Eron) 0:0
Hakamlar: Peter Grin (Avstraliya), Anton Shchetinin (Avstraliya), Kanat Zakariya (Suriya), Tavil Feras (Suriya)
Nazoratchi: Halil Ibrohim Al-Gamdi (Saudiya Arabistoni)
Komissar: Prints Rufus (Hindiston)
"Bunyodkor": 25. Murod Zuxurov, 3. Akrom Komilov, 7. Shaker Zuagi, 9. Sato Minori, 14. Bahodir Nasimov (19.Zabihillo O`rinboev, 59), 16. Dilshod Ahmadaliev, 22. Rustam Ashurmatov, 29. Otabek Shukurov, 30. Bulyat Yuritsa, 71. Aleksandr Alimpievich (10.Eldor Shomurodov, 46), 77. Viktor Karpenko (17.Dostonbek Hamdamov, 46).
"Zob-Ahan": 12. Muhammadrashid Mazaheri, 3. Volid Ismoil, 4. Xodi Muhammadi, 8. Qosim Hadadifar, 9. Kaveh Rizoi, 11. Murtazo Tabrizi (17.Marko Aurelio, 73), 15. Ehson Pahlavon, 16. Mahdi Mahdipur, 18. Ali Hamam (23.Esmaeilfar, 46), 30. Mahdi Rajabzoda (77.Amirkamdar Ahmad, 84), 33. Vohid Muhammadzoda.
Ogohlantirish: Alimpievich (22).