Bugun O`zbekiston Superkubogi uchrashuvi oldidan ikkala jamoa vakillari ishtirokida yig`ilish bo`lib o`tdi.
O`tkazilgan qur`aga ko`ra, “Nasaf” klubi uchrashuvda rasman mezbon sifatida o`ynaydi.
Eslatib o`tamiz, O`zbekiston Superkubogi uchun uchrashuvda amaldagi chempion – “Paxtakor” hamda O`zbekiston Kubogi g`olibi - “Nasaf” klublari o`zaro o`ynaydi.
O`zbekiston Superkubogi uchun uchrashuv 17 fevral kuni “Bunyodkor” stadionida bo`lib o`tadi.