Oliy Ligada 15-o`rinni egallagan jamoa hamda O`zbekiston Birinchiligida 2-o`rinni egallagan jamoa o`rtasidagi o`tish o`yini sanasi va joyi tasdiqlandi.
Mazkur uchrashuv 25 noyabr kuni Olmaliq shahrida bo`lib o`tadi. Uchrashuv soat 14:00da boshlanadi.
Eslatib o`tamiz, mazkur o`yin g`olibi kelasi mavsum Oliy Ligada ishtirok etish huquqini qo`lga kiritadi.