Oliy Liga 26-turidan o`rin olgan ikki uchrashuv yakunlandi.
O`tkazilgan ikki uchrashuvda ham mezbonlar raqiblarini mag`lub etishdi. Toshkentning "Lokomotiv" klubi o`z maydonida "Buxoro"ni 2:0 hisobida mag`lub etgan bo`lsa, "Mash`al" "Dinamo"ni 2:1 hisobida mag`lubiyatga uchratdi.
26-tur. 20 oktyabr (seshanba)
«Mash`al» (Muborak) – «Dinamo» (Samarqand) – 2:1. 2507 tomoshabin.
Hakamlar: Z. Qodirov (Navoiy) – 8,4, O. Abduvosilov (Toshkent) – 8,5, S. Shoyusupov (Toshkent) – 8,3, R. Lutfulin (Toshkent) - 9
Nazoratchi: B. Galeev (Urganch).
O`zPFL vakili: V. Letkin.
Gollar: J. Hasanov (64), M. G`ofurov (67) – A. Agaliev (19).
Ogohlantirishlar: J. Hasanov (59), S. Hamroev (71) – F. Boboqulov (64), A. Agaliev (90+2).
Eng yaxshi o`yinchilar: Z. To`raev – I. Yunusov.
«Lokomotiv» (Toshkent) – «Buxoro» (Buxoro) – 2:0. 853 tomoshabin.
Hakamlar: R. Bobomurodov (Navoiy) – 8,5, V. Lushin (Guliston) – 8,5, O. Jumaev (Navoiy) – 8,6, N. Qosimov (Qarshi) - 9
Nazoratchi: I. Nexochin (Namangan).
O`zPFL vakili: S. Rizaev.
Gollar: M. Bikmaev (52, 73).
33-daqiqada J.O. Hasanov («Lokomotiv») penaltini amalga oshira olmadi.
Eng yaxshi o`yinchilar: I. Nesterov – S. Qobuljonov.