O`zbekiston Birinchiligi ikkinchi davra ikkinchi bosqichi o`yinlari doirasida tur uchrashuvlariga tashrif buyurmaganliklari uchun O`zbekiston Birinchiligida ishtirok etuvchi "Orol" hamda "Kosonsoy" klublariga nisbatan intizomiy choralar ko`rildi.
O`zbekiston Birinchiligi ikkinchi bosqich 9-turi doirasida "Yozyovon-Lochinlari"ga qarshi uchrashuvga tashrif buyurmagani va 2015 yilgi musobaqa reglamentini buzgani uchun (Tartib-intizom kodeksi, 5 modda, 5.3 punkti) "Orol PFK" klubiga texnik mag`lubiyat yozildi (-:+). "Yozyovon Lochinlari" klubiga esa, mazkur uchrashuv uchun texnik g`alaba yozildi (+:-) hamda klub hisobiga 3 ochko qo`shildi. Bundan tashqari "Orol PFK" jarimaga tortildi.
O`zbekiston Birinchiligi ikkinchi bosqich 12-turi doirasida "Orol" klubiga qarshi uchrashuvga tashrif buyurmagani va 2015 yilgi musobaqa reglamentini buzgani uchun (Tartib-intizom kodeksi, 5 modda, 5.3 punkti) "Kosonsoy" klubiga texnik mag`lubiyat yozildi (-:+). "Orol" klubiga esa, mazkur uchrashuv uchun texnik g`alaba yozildi (+:-) hamda klub hisobiga 3 ochko qo`shildi. Bundan tashqari "Kosonsoy" PFK jarimaga tortildi.