«Nasaf» – O`zbekiston Kubogi-2015 g`olibi

19.10.2015

«Nasaf» – O`zbekiston Kubogi-2015 g`olibi

Qarshining "Nasaf" klubi O`zbekiston Kubogi – 2015 final uchrashuvida Toshkentning "Bunyodkor" klubini 2:1 hisobida mag`lub etdi va o`z tarixida ilk bor O`zbekiston Kubogini qo`lga kiritdi.

Jizzaxdagi "Markaziy" stadionida bo`lib o`tgan final uchrashuvida Ro`ziqul Berdiev bosh murabbiyligidagi Nasaf Artur Gevorkyan hamda Sherzod A`zamovning gollari evaziga yakunda 2:1 hisobida g`alaba qozondi.

Dastlab o`yinning 70-daqiqasida Artur Gevorkyan "Nasaf"ni oldinga olib chiqqan bo`lsa, oradan 5 daqiqa o`tgan "Nasaf" himoyachisi Sherzod A`zamov "Bunyodkor" darvozasiga ikkinchi to`pni kiritdi. O`yinning 81-daqiqasida "Bunyodkor" hisobni qisqartirdi ammo, uchrashuvning qolgan daqiqalarida darvozalarga boshqa gol kiritilmadi va "Nasaf" o`z tarixidagi ilk O`zbekiston Kubogini qo`lga kiritdi.

O`zbekiston kubogi-2015, final
"Bunyodkor" - "Nasaf" - 1:2. 
Gollar: Sherzod A`zamov (81-avtogol) — Artur Gevorkyan (70), Sherzod A`zamov (75)
Ogohlantirishlar: Ivan Miloshevich (15), Akrom Komilov (39) — Shuhrat Muhammadiev (31), Shoxrux Gadoev (78), Eldorbek Suyunov (90+1)
Chetlatish: Akrom Komilov (64)

«Bunyodkor»: 25.Murodjon Zuhurov, 2.Akmal Shorahmedov, 6.Anvar G`ofurov (S), 7.Shaker Zuagi, 9.Minori Sato, 13.Ivan Miloshevich, 17.Dostonbek Hamdamov (77.Viktor Karpenko, 80), 19.Zabihillo O`rinboev (14.Vohid Shodiev, 74), 22.Rustamjon Ashurmatov, 39.Eldor Shomurodov, 48.Akramjon Komilov

«Nasaf»: 25.Eldorbek Suyunov, 4.Maqsud Karimov, 9.Ilhom Shomurodov (41.Azamat Allaniyozov, 89), 17.Artur Gevorkyan (S), 18.Bahrom Abdurahimov, 20.Erkin Boydullaev, 22.Shoxruh Gadoev (32.Xamza Karimov, 90+2), 23.Sherzod A`zamov, 28.Shuhrat Muhammadiev, 33.Odil Hamrobekov, 34.Farruh Sayfev

Hakamlar: Ravshan Ermatov, Abduhamidullo Rasulov, Jahongir Saidov

  

cola
apex
mib
mib
mib
mib