O`zbekiston Kubogi-2015 final o`yinidan oldingi matbuot anjumani 16 oktyabr kuni Jizzaxdagi "Markaziy" stadionida bo`lib o`tadi.
Soat 16:30da boshlanadigan matbuot anjumanining birinchi qismida "Bunyodkor" vakillari OAV xodimlari savollariga javob berishadi. Matbuot anjumanining ikkinchi qismi esa soat 16:45da boshlanadi va unda "Nasaf" klubi vakillari ishtirok etishadi.
Eslatib o`tamiz, O`zbekiston Kubogi-2015 final uchrashuvi 17 oktyabr kuni Jizzaxda bo`lib o`tadi. Uchrashuv soat 17:00da boshlanadi.