"Bunyodkor" futbol klubi Lushanning iste`fosini qabul qildi

23.09.2015

Farg`ona shahrida o`tgan “Neftchi”ga qarshi uchrashuvdan so`ng “Bunyodkor” FK bosh murabbiyi Sergey Lushchan iste`fo berdi.

"Bunyodkor" futbol klubi rasmiy sayti xabariga ko`ra, klub rahbariyati uning arizasini ko`rib chiqdi va iste`fo borasidagi murojaatni qabul qildi. Shuningdek, sobiq bosh murabbiyga klubda olib borgan faoliyati uchun minnatdorchilik bildirildi. Ayniqsa, Sergey Ivanovichning asosiy jamoaga bir necha yoshlarni jalb etgani va ularning mahoratini oshirishda katta hissa qo`shganligi, qolaversa turli yoshdagi terma jamoalarga qanchadan-qancha nomzodlarni etishtirib berganligi alohida e`tirof etildi.

“Bunyodkor” FK rahbariyati Sergey Lushchanni uning avvalgi lavozimi – “Bunyodkor” futbol maktabi direktorligiga qaytarishni ma`qul topdi.

Sergey Ivanovich “Bunyodkor” FK bosh murabbiyi sifatida 2014 yilning 3 iyunidan 2015 yilning 22 sentyabriga qadar faoliyat yuritdi. Shu vaqt oralig`ida u “qaldirg`ochlar”ga 56ta uchrashuvda ustozlik qildi. Shularning 31tasida g`alaba, 9ta bahsda durang va 16ta uchrashuvda mag`lubiyat qayd etildi. To`plar farqi 77-44, “Bunyodkor” foydasiga. Uning boshchiligida “qaldirg`ochlar” ikki bor mamlakat kubogi finaliga yo`llanma olishdi. 

cola
apex
mib
mib
mib
mib