Tartib-intizom qo`mitasi qarorlari

18.09.2015

Tartib-intizom qo`mitasi qarorlari

Tartib-intizom qo`mitasining navbatdagi yig`ilishi bo`lib o`tdi.

Oliy Liga
«Olmaliq» klubiga qarshi 18-tur o`yinida raqib yuziga oyog`i bilan zarba bergani uchun mayondan chetlatilgan «Andijon» himoyachisi Umrillo Ramazonov 3ta o`yinga diskvalifikatsiya qilindi va jarimaga tortildi.

«Sho`rtan»ga qarshi 20-tur o`yini yakunlanganidan so`ng agressiv hatti-harakati uchun maydondan chetlatilgan «Paxtakor» himoyachisi Davron Hoshimov 2ta o`yinga diskvalifikatsiya qilindi (sariq kartochkalari soni to`rttaga etgani uchun yana bir o`yin) va jarimaga tortildi.

Yoshlar Birinchiligi
«So`g`diyona» himoyachisi Dilmurod Ikromov «Metallurg»ga qarshi 20-tur o`yinida raqibiga oyog`i bilan zarba bergani uchun 3ta o`yinga chetlatildi.

«Buxoro»ga qarshi 20-tur uchrashuvida raqibini haqorat qilgani uchun maydondan chetlatilgan «Andijon» himoyachisi Lochinbek Dolimov 2ta o`yinga diskvalifikatsiya qilindi.

«Paxtakor» himoyachisi Nodirbek Yo`ldoshev «Lokomotiv»ga qarshi 21-tur o`yinidagi agressiv hatti-harakati uchun 3ta o`yinga chetlatildi.

«Paxtakor» himoyachisi Andrey Sidorov «Lokomotiv»ga qarshi 21-tur uchrashuvida jiddiy ravishda qoida buzgani uchun 2ta o`yinga chetlatildi.

«Nasaf» himoyachisi Samandar Ochilov «Sho`rtan»ga qarshi 21-tur uchrashuvidagi agressiv hatti-harakati uchun 3ta o`yinga chetlatildi.

«Navbahor» himoyachisi Botirbek To`raboev «Dinamo»ga qarshi 21-tur o`yiinda raqib futbolchisini haqorat qilgani uchun 2ta o`yinga chetlatildi.

 

«Qizilqum» yarim himoyachisi Boburjon Iskandarov «Andijon»ga qarshi 21-tur o`yinidagi agressiv hatti-harakati uchun 2ta o`yinga chetlatildi.

«Qizilqum» darvozaboni Artem Makosin «Andijon»ga qarshi 21-tur uchrashuvidagi agressiv hatta-harakati uchun 3ta o`yinga diskvalifikatsiya qilindi.

«Andijon» himoyachisi Abrorbek Komilov «Qizilqum»ga qarshi 21-tur uchrashuvidagi agressiv hatti-harakati uchun 2ta o`yinga chetlatildi.

«Andijon» yarim himoyachisi Ro`zivoy Abdug`afforov «Qizilqum»ga qarshi 21-tur uchrashuvidagi agressiv hatti-harakati uchun 2ta o`yinga chetlatildi.

Birinchi Liga
«G`ijduvon» himoyachisi Mirzo Tursunov «Oqtepa»ga qarshi ikkinchi bosqich 3-tur o`yinida hakamni haqorat qilgani uchun 3ta o`yinga chetlatildi.

«Nbu-Osiyo» bosh murabbiyi Rifkat Akramxo`jaev «Nasaf-2»ga qarshi uchrashuvda hakamga bosim o`tkazgani va bir necha bor uning ishiga halaqit qilishga uringani uchun jarimaga tortildi. Shunday holat takrorlanadigan bo`lsa, jiddiy chora ko`rilishi haqida ogohlantirildi.

«Orol» yarim himoyachisi Miras Karlibaev «Oqtepa»ga qarshi ikkinchi bosqich 4-tur uchrashuvidagi o`ta agressiv hatti-harakati uchun 5ta o`yinga chetlatildi.

«Orol» himoyachisi Murat Abdimuratov «Oqtepa»ga qarshi ikkinchi bosqich 4-tur uchrashuvidagi agressiv hatti-harakati uchun 3ta o`yinga chetlatildi.

«G`ijduvon» yarim himoyachisi Shuxrat Salimov «Xotira-79»ga qarshi ikkinchi bosqich 5-tur uchrashuvida hakamni haqorat qilgani uchun 3ta o`yinga chetlatildi.

«Paxtakor» himoyachisi Dilmurod Qodirov «Obod»ga qarshi ikkinchi bosqich 6-tur uchrashuvidagi agressiv hatti-harakati uchun 3ta o`yinga chetlatildi.

«Mash`al-2» himoyachisi Jafar Ismoilov «Yozyovon-Lochinlari»ga qarshi ikkinchi bosqich 6-tur uchrashuvidagi agressiv hatti-harakati uchun 3ta o`yinga chetlatildi.

cola
apex
mib
mib
mib
mib