«Nasaf» - O`zbekiston Kubogi dastlabki finalchisi

16.09.2015

«Nasaf» - O`zbekiston Kubogi dastlabki finalchisi

Qarshining «Nasaf» klubi O`zbekiston Kubogi-2015 dastlabki finalchisiga aylandi.

«Lokomotiv» hamda «Nasaf» klublari o`rtasidagi javob uchrashuvida «Lokomotiv» kichik – 1:0 hisobida g`alaba qozondi. Qarshida kechgan dastlabki uchrashuvda «Nasaf» 2:0 hisobida g`alaba qozongan edi. Shu tariqa «Nasaf» finalning ilk ishtirokchisiga aylandi.

Ikkinchi yarim final uchrashuvida bugun «Bunyodkor» o`z maydonida «Paxtakor» klubini qabul qiladi. Dastlabki uchrashuvda «Bunyodkor» 3:2 hisobida g`alaba qozongan. 

O`zbekiston Kubogi. ½ final
Javob uchrashuvi. 15 sentyabr (seshanba)
«Lokomotiv» (Toshkent) – «Nasaf» (Qarshi) – 1:0. 2002 tomoshabin.
Hakamlar: B. Namozov (Toshkent) – 8,1, T. Galeev (Toshkent) – 8,0, A. Po`latov (Toshkent) – 8,0, O. Tolibjonov (Toshkent) – 8
Nazoratchi: R. Aytekov (Toshkent).
Gol: M. Bikmaev (48).
Ogohlantirish: N. Yanichich (53), J. O. Hasanov (57), L. To`raev (barchasi-«Lokomotiv», 87).
Dastlabki o`yin – 0:2.

cola
apex
mib
mib
mib
mib