Tartib-intizom Qo`mitasining navbatdagi yig`ilishi bo`lib o`tdi.
Chempionat
«Qizilqum»ga qarshi 18-tur o`yinida raqibiga oyoq bilan zarba bergani uchun «Dinamo» himoyachisi Akmal Bozorov uchta o`yinga chetlatildi va jarimaga tortildi.
«Olmaliq» hujumchisi Shavkat Salomov hamda «Mash`al» darvozaboni Botir Nosirov 19-tur doirasidagi «Olmaliq» – «Mash`al» uchrashuvi yakunlangach o`zaro janjallashgani uchun jarimaga tortildilar va ogohlantirilishdi. Shunga o`xshash holat takrorlanadigan bo`lsa jiddiy chora ko`riladi.
Kubok
«Nasaf»ga qarshi O`zbekiston Kubogi ½ finali dastlabki uchrashuvida hakamni haqorat qilgani uchun maydondan chetlatilgan «Lokomotiv» hujumchisi Temurxo`ja Abduholiqov 3ta o`yinga diskvalifikatsiya qilindi va jarimaga tortildi.
Birinchi Liga
«Xotira-79» hujumchisi D. Abdujabborov ikkinchi bosqich 1-turidan o`rin olgan «Zomin» klubiga qarshi uchrashuvdagi agressiv hatti-harakatlari uchun 3ta o`yinga diskvalifikatsiya qilindi.
«Xotira-79» hujumchisi Sohib Abdullaev ikkinchi bosqich 1-turida «Zomin»ga qarshi o`yinda uchrashuv hakamini haqorat qilgani uchun 3ta o`yinga diskvalifikatsi qilindi.
«Xotira-79» klubi boshlig`i Ilxom Otavaliev «Zomin»ga qarshi ikkinchi bosqich 1-tur uchrashuvi yakunlangach hakamga oyog`i bilan zarba bergani uchun 2015 yilgi mavsum oxirigacha diskvalifikatsiya qilindi.
«Obod» himoyachisi Kamoliddin Tojiboev ikkinchi bosqich 1-turida «Kosonsoy»ga qarshi uchrashuvda to`p uchun kurashda raqibiga nisbatan atayin zarba bergani uchun ikkita o`yinga chetlatildi va jarimaga tortildi.
«Nasaf-2» hujumchisi S. Esibaev ikkinchi bosqich 1-turi doirasidagi «Yozyovon-Lochinlari»ga qarshi uchrashuvdagi agressiv hatti-harakatlari uchun 3ta o`yinga chetlatildi.
«Paxtakor-2» hujumchisi Behzod G`anijonov «Nasaf-2» klubiga qarshi ikkinchi bosqich 3-tur uchrashuvida hakamni haqorat qilgani uchun 3ta o`yinga chetlatildi.