Oliy Liga 20-turini ochib beruvchi o`yinda «Sho`rtan» o`z maydonida «Paxtakor»ni qabul qildi va 1:1 hisobida durang o`ynadi.
Shu tariqa, chempionat peshqadami – «Paxtakor» ikkinchi davrada ilk bora ochko yo`qotdi.
20-tur. 25 avgust (seshanba)
«Sho`rtan» (G`uzor) – «Paxtakor» (Toshkent) – 1:1. 7527 tomoshabin.
Hakamlar: T. To`xtasinov (Andijon) – 7,5, A. Marajabov (Andijon) – 8,1, Z. Abdurahmonov (Andijon) – 8,3, B. Yulcharaev (Guliston) - 9
Nazoratchi: A. Popov (Toshkent).
O`zPFL vakili: V. Shtern.
Gollar: S. Jo`raev (55) – A. Oroxovats (68).
90+4 daqiqada S. Andreev («Paxtakor») penaltini aniq amalga oshira olmadi.
Ogohlantirishlar: Sh. Sharipov (43), U. Eshmuradov (90+2), R. Abdulov (90+5) – E. Krimets (38), D. Hoshimov (71).
Chetlatish: D. Hoshimov (o`yindan so`ng).
Eng yaxshi o`yinchilar: S. Jo`raev – A. Lobanov