Tartib-intizom qo`mitasining navbatdagi yig`ilishida bir qator futbolchi va murabbiylarga nisbatan sanktsiyalar qo`llanildi.
Oliy Liga
«Paxtakor»ga qarshi 16-tur uchrashuvida raqib futbolchisiga oyog`i bilan zarba bergani uchun maydondan chetlatilgan «Olmaliq» darvozaboni Vladimir Fomichev ikki o`yinga chetlatildi va jarimaga tortildi.
«Navbahor» bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov «Mash`al»ga qarshi 16-tur o`yinida zaxira hakamini turtib yuborgani va hakamlar brigadasi sha`niga haqoratli so`zlar ishlatgani uchun jarimaga tortilib, ogohlantirldi. Shunga o`xshash holat yana takrorlanadigan bo`lsa egallab turgan vazifasidan ozod etish masalasi ko`rib chiqiladi.
«Lokomotiv» klubi ma`muri Baxtiyor Ismoilov «Metalurg»ga qarshi 16-tur o`yinida hakamlar brigadasi sha`niga haqoaratli so`zlarni ishlatgani uchun jarimaga tortildi.
Kubok
«Tsementchi» hujumchisi Azizxon Ibragimov «Paxtakor»ga qarshi ¼ final dastlabki o`yinida raqib futbolchisini haqorat qilgani uchun uchta o`yinga diskvalifikatsiya qilindi.
«Paxtakor» himoyachisi Murod Holmuhamedov «Tsementchi»ga qarshi ¼ final dastlabki o`yinida raqib o`yinchisiga nisbatan agressiv hatti-harakati uchun uchta o`yinga diskvalifikatsiya qilindi.
Yoshlar Birinchiligi
«Qo`qon-1912» himoyachisi Azamjon Samijonov «Paxtakor»ga qarshi 2-turning qoldirilgan o`yinida raqibiga nisbatan o`ta qo`pol hatti-harakati uchun 2ta o`yinga chetlatildi.
Birinchi Liga
«Lokomotiv BFK» hujumchisi Sunnatulla Saidov «G`ijduvon»ga qarshi 17-tur o`yinida raqib futbolchisiga nisbatan agressiv hatti-harakati uchun uchta o`yinga chetlatildi.
«Tsementchi» darvozaboni Baxodirjon Yigitaliev «Yozyovon-Lochinlari»ga qarshi 18-tur uchrashuvida hakam yordamchisini haqorat qilgani uchun uchta o`yinga chetlatildi.
«Chust-Paxtakor» murabbiyi Leonid Senkevich «Uz-Dong-Ju»ga qarshi 18-tur o`yinida hakam yordamchisini haqorat qilgani uchun jarimaga tortildi.
«Paxtakor-2» himoyachisi Dian Talxatov «Oqtepa»ga qarshi 18-tur o`yinida bosh hakamni haqarat qilgani uchun 3ta o`yinga chetlatildi.
«Paxtakor-2» jamoasi boshlig`i Shuhrat Rahmonqulov «Oqtepa»ga qarshi 18-tur uchrashuvida bosh hakam sha`niga haqoratli so`zlarni ishlatgani uchun jarimaga tortildi va ogohlantirildi.
«Paxtakor-2» murabbiyi Jasur Abduraimov Oqtepa»ga qarshi 18-tur o`yinida hakamlar brigadasi sha`niga haqoratli so`zlarni ishlatgani uchun 2ta o`yinga chetlatildi va jarimaga tortildi.