“Olmaliq” Turkiyada “Fulad”ga qarshi nazorat uchrashuvi o`tkazdi

21.07.2015

“Olmaliq” Turkiyada “Fulad”ga qarshi nazorat uchrashuvi o`tkazdi

Oliy Liga ikkinchi davrasiga tayyorgarlik ko`rayotgan "Olmaliq" klubi ayni damda Turkiyada yig`in o`tkazayotgani haqida xabar bergan edik.

Kecha "Olmaliq" yig`in davomidagi navbatdagi o`rtoqlik uchrashuvida Eronning "Fulad" klubiga qarshi maydonga tushdi. Uchrashuv teng kurashlar ostida kechgan bo`lsa ham, o`yinning 65-daqiqasida penaltidan kiritilgan yagona gol "Fulad"ga g`alaba keltirdi.

Ta`kidlash joiz, "Olmaliq" mazkur uchrashuvda 16 nafar futbolchining xizmatidan foydalandi. Umid Honimqulov hamda G`ulom O`runovlar kichik jarohatlari bois uchrashuvda ishtirok eta olmagan bo`lishsa, yana to`rt nafar futbolchi – Jahongir Abdumo`minov, Nikita Pavlenko, Diyorjon Turopov hamda Doniyor Ismoilovlar Toshkentga qaytishdi va O`zbekiston olimpiya terma jamoasi yig`inida ishtirokini boshlashdi.

Klub rasmiy sayti xabar berishicha, Turkiyadagi yig`in 22 iyul kunigacha davom etadi.
 

cola
apex
mib
mib
mib
mib