“Paxtakor” nazorat uchrashuvida O`zbekiston olimpiya terma jamoasini mag`lub etdi

17.07.2015

“Paxtakor” nazorat uchrashuvida O`zbekiston olimpiya terma jamoasini mag`lub etdi

Kecha Toshkentning "Paxtakor" klubi ikkinchi davra oldidan o`zining ilk yig`inida Toshkentda yig`in o`tkazayotgan O`zbekiston olimpiya terma jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvida maydonga tushdi.

"JAR" stadionida kechgan uchrashuv ancha qiziqarli kechdi. O`yinning birinchi bo`limida Kaxi Maxaradze tomonidan kiritilgan gol "Paxtakor"ga kichik hisobda g`alaba keltirdi.

Ta`kidlash lozim, har ikkala jamoa ikki taymda turli xil tarkiblarni sinovdan o`tkazishdi.

Oliy Liga birinchi davrasini peshqadam sifatida yakunlagan Toshkentning "Paxtakor" klubi ikkinchi davraga tayyorgarchilikni davom ettirmoqda. Viktor Jalilov bosh murabbiyligidagi O`zbekiston olimpiya terma jamoasining ilk yig`ini esa yakunlandi. O`zbekiston olimpiya terma jamoasining ikkinchi yig`ini 21 iyul kuni boshlanadi.

Nazorat uchrashuvi.
16 iyul, payshanba. Toshkent. "JAR" stadioni
"Paxtakor" – O`zbekiston OTJ 1:0.
Gol: K. Maxaradze
 

cola
apex
mib
mib
mib
mib