«Paxtakor» O`zbekiston OTJ bilan o`rtoqlik uchrashuvi o`tkazadi

15.07.2015

«Paxtakor» O`zbekiston OTJ bilan o`rtoqlik uchrashuvi o`tkazadi

Toshkentning «Paxtakor» klubi ikkinchi davraga tayyorgarlik jarayonida 16 iyul kuni O`zbekiston olimpiya terma jamoasi bilan o`rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.

Ayni paytda O`zbekiston olimpiya terma jamoasi Toshkentda yig`in o`tkazmoqda. Kelishuvga ko`ra 16 iyul kuni olimpiya terma jamoasi «Paxtakor» bilan nazorat uchrashuvini o`tkazadi. Qayd etish lozim, O`zbekiston olimpiya terma jamoasi safiga «Paxtakor»dan uch nafar futbolchi mazkur yig`inga jalb etilgan – darvozabonlar Akmal Tursunboev, Asilbek Omonov hamda yarim himoyachi Jaloliddin Masharipov.

Ikkala jamoa o`rtasidagi o`rtoqlik uchrashuvi 16 iyul kuni "JAR" stadionida bo`lib o`tadi. Uchrashuv soat 18:30da boshlanadi.

 

cola
apex
mib
mib
mib
mib