O`FF hakamlari va nazoratchilari malakasini oshirish bo`yicha yozgi kurslar start oldi.
Dastlab, 14 iyul kuni, Oliy Liga bahslarida faoliyat ko`rsatadigan hakam, hakam yordamchilari hamda nazoratchilar attestatsiya jarayonidan o`tadilar. Unda imtihondan o`tuvchilar jismoniy tayyorgarlik bo`yicha FIFA normativlarini topshiradilar va o`yin qoidalari bo`yicha savol-javob va imtihonlar o`tkaziladi.
Jumladan, birinchi kun 15 nafar nazoratchi o`yin qoidalari bo`yicha savol-javob va imtihonlar o`tkazilgan bo`lsa, ikkinchi kun nazoratchi raportini to`ldirish metodikasi bo`lib o`tadi, uchinchi kuni esa aynan shu metodika bo`yicha imtihon va FIFAning «O`yin qoidalari» bo`yicha videomateriali namoyish etildi.
Shuningdek, o`yin qoidalari bo`yicha savol-javob o`tkaziladi va shu yo`nalishdagi FIFA videomateriali namoyish etiladi. Ikkinchi kunda hakamlar amaliy mashg`ulotlar o`tkazishadi, shuningdek, o`yinlarni ilmiy-metodik tahlil qilishadi. Uchinchi-beshinchi kunlarda ham shunday mashg`ulotlar o`tkaziladi.
Hakamlar kurslarining keyingi bosqichlari tartibi ham shunday ko`rinishda bo`ladi. Hakamlar kurslari O`FF anjumanlar zalida bo`lib o`tadi. Mazkur kurslarni va imtihonlar jarayonini bevosita OAV vakillari ham kuzatib borishlari mumkin.
1-bosqich: 14 iyul (oliy liga hakamlari, hakam yordamchilari, nazoratchilar)
2-bosqich: 15 iyul (oliy va birinchi hakam yordamchilari)
3-bosqich: 16 iyul (oliy va birinchi liga hakamlari, hakam yordamchilari, nazoratchilar)