«Neftchi» PFK rasmiy saytida 2015 yil, 11 iyul kuni «Tartib-intizom Qo`mitasi qarorlari» sarlavhasi ostida chop etilgan maqolasida aniq fakt va dalillarga asoslanmagan ma`lumotlar keltirilgani, O`FF hamda O`zPFL sha`niga no`maqul fikrlar bildirilgani uchun «Neftchi» PFKga nisbatan intizomiy jazo chorasi ko`rildi.
Tartib-intizom Kodeksi (5-modda, 2-bo`lim, 5.39 band)ga ko`ra «Neftchi» PFK jarimaga tortildi. Shuningdek, «Neftchi» PFK shunga o`xshash holat takrorlanadigan bo`lsa, jiddiy jazolanishi haqida ogohlantirildi.