Tartib-intizom qo`mitasining navbatdagi yig`ilishi bo`lib o`tdi va unga ko`ra bir qator futbolchi va murabbiylarga sanktsiyalar qo`llanildi.
Oliy Liga
Oliy Liga 13-turida safarda «Nasaf»ga qarshi bahsda hakam yordamchisini haqorat qilgani uchun maydondan chetlatilgan «Dinamo» futbolchisi Nikolay Chipev, 3ta o`yinga diskvalifikatsiya qilindi va jarimaga tortildi.
PFK «Neftchi» raisi Toxir Kapadze 15-tur doirasida safarda «Qizilqum»ga qarshi bahs yakuniga etganidan so`ng intizomsiz hatti-harakati uchun 2ta o`yinga chetlatildi. Shuningdek, Kapadze ogohlantirildi va jarimaga tortildi.
Oliy Liga 15-turida safarda «Qizilqum»ga qarshi bahsda zaxira o`rindig`ida o`tirgan holda zaxira hakamini haqorat qilgani uchun maydondan chetlatilgan «Neftchi» yarim himoyachisi Mansur Saidov, 3ta o`yinga chetlatildi va jarimaga tortildi.
«Qo`qon-1912» klubiga qarshi 2-turning qoldirigan uchrashuvi yakuniga etgandan so`ng uchrashuv bosh hakamini haqorat qilgani uchun maydondan chetlatilgan «Paxtakor» klubi bosh murabbiyi Samvel Babayan ogohlantirildi va jarimaga tortildi.
Yoshlar Birinchiligi
«Qo`qon-1912» himoyachisi Sardor Isokov «Bunyodkor»ga qarshi 15-tur bahsida raqib futbolchisiga nisbatan agressiv hatti-harakati va qo`polligi uchun 3ta o`yinga diskvalifikatsiya qilindi.
O`zbekiston Kubogi
«Paxtakor-2» klubiga qarshi 1/8 final javob uchrashuvida agressiv hatti-harakati uchun maydondan chetlatilgan «Buxoro» hujumchisi Bahrom Narzullaev uchta o`yinga chetlatildi va jarimaga tortildi.
«Mash`al» himoyachisi Iqbol Boboxonov «Tsementchi»ga qarshi 1/8 final javob uchrashuvida hakamni haqorat qilgani uchun 3ta o`yinga chetlatildi va jarimaga tortildi.
O`zbekiston Birinchiligi
«Xotira-79» yarim himoyachisi Abdurazzoq Jo`raev «Yozyovon-Lochinlari» klubiga qarshi 15-tur uchrashuvida hakam yordamchisini haqorat qilgani uchun 3ta o`yinga chetlatildi.
«Obod» klubi direktori Farhod Safarov 15-turda «Zomin»ga qarshi bahsda zaxira hakamini haqorat qilgani uchun 3ta o`yinga maydondan chetlatildi.
«Kosonsoy»ga qarshi 14-tur bahsida stadiondagi muxlislarga qarata amalga oshirgan sportchilarga hos bo`lmagan hatti-harakati uchun maydondan chetlatilgan «Chust-Paxtakor» yarim himoyachisi Jamolxon Abdujabborov 4ta o`yinga chetlatildi.