O`zbekiston Kubogi: «Paxtakor» ilk uchrashuvda safarda «Tsementchi» bilan durang o`ynadi

09.07.2015

O`zbekiston Kubogi: «Paxtakor» ilk uchrashuvda safarda «Tsementchi» bilan durang o`ynadi

Toshkentning «Paxtakor» klubi O`zbekiston Kubogi chorak final dastlabki uchrashuvida safarda «Tsementchi»ga qarshi maydonga tushdi.

Qiziqarli kechgan uchrashuvda 2:2 hisobida jangovar durang o`ynadi. Uchrashuvda «Tsementchi» 2:0 hisobida oldinda borayotganiga qaramay, o`yinning so`nggi daqiqalarida «Paxtakor» ikkita gol kiritdi va uchrashuv 2:2 hisobida yakunlandi.

Javob uchrashuvi 28 iyul kuni bo`lib o`tadi.

O`zbekiston Kubogi. ¼ final.
Dastlabki o`yin. 8 iyul (chorshanba)
«Tsementchi» (Quvasoy) – «Paxtakor» (Toshkent) – 2:2. 3595 tomoshabin.
Hakamlar: M. Muxamedov (Toshkent vil.) – 7,2, A. Snetkov (Toshkent vil.) – 8,2, V. Lushin (Guliston) – 8,2, R. Tolibjonov (Farg`ona) - 8
Nazoratchi: A. Xotamov (Toshkent).
Gollar: U. Matmusaev (35), E. Akbarov (78) – A. Otaxonov (82), S. Davlatjonov (84).
Ogohlantirishlar: D. Kobulov (32), R. Abduhamidov (o`yindan so`ng) – X. Avilov (45), D. Yusupov (68).
Chetlatish: A. Ibragimov (58) – M. Holmuhamedov (58).

cola
apex
mib
mib
mib
mib