Jamshid Saidov “Buxoro” klubiga bosh murabbiyi etib tayinlandi

06.07.2015

Jamshid Saidov “Buxoro” klubiga bosh murabbiyi etib tayinlandi

Oliy Liga birinchi davrasi yakunida Buxoroning "Buxoro" klubi rahbariyati jamoaga yangi bosh murabbiyi nomini e`lon qildi.

Klub rasmiy saytining xabar berishicha, kecha bo`lib o`tgan jamoa rasmiylari va rahbarlari yig`ilishida Jamshid Saidov klubning yangi bosh murabbiyi etib tayinlandi.

Mavsumni jamoada bosh murabbiy sifatida boshlagan Aleksandr Mochinov iste`foga chiqarilgach, uning o`rniga Shuhrat Fayziev vaqtinchalik bosh murabbiy vazifasini bajardi. Birinchi davra yakuniga etgach, Fayziev ham iste`foga chiqarildi va Jamshid Saidov klubning yangi bosh murabbiyi sifatida ommaga tanishtirildi. Vyugay Kadimov esa jamoaning jismoniy tayyorgarlik bo`yicha murabbiyi sifatida ish boshlaydi.

Ta`kidlash joiz, "Buxoro" klubi birinchi davrada ko`ngildagidek ishtirok eta olmadi va ayni damda 5 ochko bilan turnir jadvalining oxirgi pog`onasida bormoqda.

cola
apex
mib
mib
mib
mib