«Qo`qon-1912» hamda «Paxtakor» klublari o`rtasidagi Oliy Liga 2-turining qoldirilgan uchrashuvini Ilgiz Tantashev boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi.
«Bunyodkor» hamda «Sho`rtan» klublari o`rtasidagi 3-tur doirasida qoldirilgan uchrashuvni esa Rustam Bobomurodov boshqarib boradi.
2-turning qoldirilgan o`yini. 5 iyul (yakshanba)
«Qo`qon-1912» (Qo`qon) – «Paxtakor» (Toshkent)
Hakamlar: I. Tantashev (Buxoro), B. Kodirov (Buxoro), A. Qo`ldoshev (Buxoro), A. Rahimov (Andijon)
Nazoratchi: A. Popov (Tashkent).
3-turning qoldirilgan o`yini. 6 iyul (dushanba)
«Bunyodkor» (Toshkent) – «Sho`rtan» (G`uzor)
Hakamlar: R. Bobomurodov (Navoiy), R. No``monov (Toshkent), D. Saylalov (Toshkent), D. Muxtorov (Toshkent)
Nazoratchi: I. Nexochin (Namangan).