Samvel Babayan – O`zbekiston milliy terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlandi

23.06.2015

Samvel Babayan – O`zbekiston milliy terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlandi

Toshkentning “Paxtakor” klubini boshqarib kelgan Samvel Babayan O`zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi.

Bugun O`FF murabbiylar kengashi navbatdagi yig`ilishi bo`lib o`tdi. Unga ko`ra milliy terma jamoa bosh murabbiyi Mirjalol Qosimovning iste`fosi qabul qilindi va uning o`rniga “Paxtakor” bosh murabbiyi Samvel Babayan milliy terma jamoaning yangi bosh murabbiyi etib tayinlandi.

Paxtakorni boshqarib kelgan mutaxassis yaqin kunlar ichida !Paxtakor!dagi lavozimidan bo`shaydi va bor e`tiborini milliy terma jamoadagi faoliyatiga qaratadi. Babayanga milliy terma jamoada O`zbekiston yoshlar terma jamoasiga murabbiylik qilgan Ravshan Haydarov yordam beradi.

cola
apex
mib
mib
mib
mib