Tartib-intizom qo`mitasi qarorlari

18.06.2015

Tartib-intizom qo`mitasi qarorlari

Tartib-intizom qo`mitasining navbatdagi yig`ilishi bo`lib o`tdi.

Oliy Liga
"Olmaliq" klubi hujumchisi Kamoliddin Murzoev "Neftchi"ga qarshi uchrashuvdagi qo`pol hatti-harakatlari uchun bir o`yinga diskvalifikatsiya qilindi va jarimaga tortildi.

Yoshlar Birinchiligi
"Buxoro" himoyachisi Nodirjon Jo`raev "Navbahor"ga qarshi o`yinda hakamni haqorat qilgani uchun 3ta o`yinga chetlatildi.

Kubok
"So`g`diyona"ga qarshi uchrashuvda o`ta agressiv hatti-harakati uchun maydondan chetlatilgan "Qo`qon-1912" yarim himoyachisi Sardor Eminov 2ta o`yinga chetlatildi va jarimaga tortildi.

Birinchi Liga
"Oqtepa" yarim himoyachisi Izzatilla Abdullaev "Chust-Paxtakor" klubiga qarshi uchrashuvda raqibiga nisbatan qo`pol munosabatda harakat qilgani uchun 3ta o`yinga chetlatildi.

"Paxtakor-2"ga qarshi 12-tur uchrashuvida raqibiga qarshi agressiv hatti-harakati uchun maydondan chetlatilgan "Nbu-Osiyo" yarim himoyachisi Davron Valijonov 3ta o`yinga chetlatildi.

"Mash`al-2" murabbiyi Dilshod Andaev "Nasaf-2" klubiga qarshi uchrashuvda hakam yordamchisini haqorat qilgani uchun ogohlantirildi va jarimaga tortildi.

"Xotira-79" klubi boshlig`i Ilhom Otavaliev 12-turda Tsementchiga qarshi uchrashuvda hakam yordamchisini haqorat qilgani uchun ogohlantirildi va jarimaga tortildi.

"Xotira-79" klubi ma`muri A. Otavaliev 12-turda "Tsementchi"ga qarshi uchrashuvda hakam yordamchisini haqorat qilgani uchun ogohlantirildi va jarimaga tortildi.

"Kosonsoy" yarim himoyachisi Bobur Karimov "Nbu-Osiyo"ga qarshi 13-tur uchrashuvida raqib futbolchisini haqorat qilgani uchun 2ta o`yinga diskvalifikatsiya qilindi.

"Nbu-Osiyo" yarim himoyachisi Sarvarbek Safarov 13-turda "Kosonsoy"ga qarshi o`yinda raqib futbolchisini haqorat qilgani uchun 2ta o`yinga chetlatildi.

"Obod" klubiga qarshi 13-tur o`yinida hakamni haqoratlagani uchun maydondan chetlatilgan "G`ijduvon" himoyachisi Shavkat Raxmatov 3ta o`yinga chetlatildi.

"G`ijduvon"ga qarshi uchrashuvda raqibiga nisbatan agressiv hatti-harakati uchun maydondan chetlatilgan "Obod" hujumchisi Alisher Azizov 2ta o`yinga chetlatildi.

"G`ijduvon" murabbiyi Sherzod Sattorov "Obod"ga qarshi uchrashuvda uchrashuv hakamini haqorat qilgani uchun ogohlantirildi va jarimaga tortildi.

"Mash`al-2" klubiga qarshi uchrashuvda agressiv hatti-harakati uchun maydondan chetlatilgan "Orol" hujumchisi Oybek Ro`zimov ikki uchrashuvga chetlatildi. 

cola
apex
mib
mib
mib
mib