Tartib-Intizom qo`mitasi yig`ilishi bo`lib o`tdi.
Unga ko`ra, quyidagilarga nisbatan intizomiy choralar ko`rildi.
O`zbekiston Kubogi
"Mash`al-2" klubiga qarshi kechgan O`zbekiston Kubogi 1/16 final bahsida raqibiga nisbatan qo`pol o`ynagani uchun maydondan chetlatilgan "Andijon" yarim himoyachisi Farhodbek Bekmurodov 2 o`yinga diskvalifikatsiya qilindi.
"So`g`diyona"ga qarshi O`zbekiston Kubogi 1/16 final o`yini yakunlangach, uchrashuv hakamiga to`pni otib yuborgani va hakamni haqorat qilgani uchun "Uz-Dong-Ju" yarim himoyachisi Shaxboz Jumaboev 2 o`yinga chetlatildi.
"Sherdor"ga qarshi O`zbekiston Kubogi 1/16 final bahsida maydondan chetlatilgan "Mash`al" hujumchisi Shoxruh Dostonov ikki o`yinga chetlatildi va jarimaga tortildi.
Yoshlar Birinchiligi
"Qizilqum"ga qarshi 4-tur uchrashuvida maydondan chetlatilgan "Paxtakor" himoyachisi Murod Xolmuhamedov texnik zonada zaxira hakamini haqorat qilgani uchun 2 o`yinga diskvalifikatsiya qilindi.
"Dinamo"ga qarshi 5-tur uchrashuvida maydondan chetlatilgan "Lokomotiv" yarim himoyachisi Sardorbek Ahmadaliev raqib futbolchisini haqorat qilgani uchun 2 uchrashuvga diskvalifikatsiya qilindi.
"Navbahor"ga qarshi kechgan 6-tur uchrashuvida agressiv hatti-harakati uchun maydondan chetlatilgan Dinamo yarim himoyachisi Timur Sharipov 2 o`yinga chetlatildi.
O`zbekiston Birinchiligi
"Yozyovon-Lochinlari"ga qarshi 4-tur uchrashuvida o`z jamoadoshini haqorat qilgani uchun maydondan chetlatilgan "Xotira-79" yarim himoyachisi Islomjon Abduqodirov 2 o`yinga diskvalifikatsiya qilindi.
"Bunyodkor-2"ga qarshi 3-tur uchrashuvida maydondan chetlatilgan "Paxtakor-2" yarim himoyachisi S. Davlatjonov 3ta o`yinga diskvalifikatsi qilindi.
"Oqtepa" klubiga qarshi 4-tur uchrashuvida jiddiy qoida buzgani uchun maydondan chetlatilgan "Bunyodkor-2" himoyachisi Shahzod Abdurahimov 2 o`yinga chetlatildi.
"G`ijduvon" klubiga qarshi 4-tur uchrashuvida bosh hakamni haqorat qilgani uchun maydondan chetlatilgan "Sherdor" klubi boshlig`i M. Ismatov jarimaga tortildi. Shunday holat takrorlangan holatda jiddiy choralar ko`riladi.
"G`ijduvon"ga qarshi 5-tur uchrashuvida hakamni haqorat qilgani uchun maydondan chetlatilgan "Zomin" vitse-prezidenti I. Sobirov jarimaga tortildi. Shunday holat takrorlangan holatda jiddiy choralar ko`riladi.