Bugun Oliy Liga 7-tur bahslariga start berildi.
Turning markaziy uchrashuvi Qarshining «Nasaf» hamda Toshkentning «Lokomotiv» klubini qabul qildi va kichik hisobda g`alaba qozondi. O`yinning 10-daqiqasida Farrux Sayfiev tomonidan kiritilgan gol «Nasaf»ga g`alaba keltirdi - 1:0. Ushbu g`alabadan so`ng «Nasaf» o`z ochkolari sonini 18taga etkazdi va turnir jadvalidagi peshqadamligini mustahkamladi.
Turning yana bir uchrashuvida «Paxtakor» o`z maydonida «Navbahor»ni qabul qildi va kichik hisobda g`alaba qozondi. Stanislav Andreevning 83-daqiqada kiritgan goli «Paxtakor»ga g`alaba keltirdi - 1:0.
Turning qolgan uchrashuvlari 2 may kuni bo`lib o`tadi.
Oliy Liga, 7-tur.
«Nasaf» (Qarshi) - «Lokomotiv» (Toshkent) 1:0.
Gol: F. Sayfiev (10).
«Paxtakor» (Toshkent) - «Navbahor» (Namangan) 1:0
Gol: S. Andreev (83)