O`zbekiston Kubogi 1/16 finali bahslari yakunlandi.
«Oqtepa» klubi ushbu bosqichda Oliy Liga vakili - Farg`onaning «Neftchi» klubini mag`lub etdi va 1/8 finalga yo`l oldi. Shu tariqa, O`zbekiston Kubogi 1/8 finalida O`zbekiston Birinchiligida ishtirok etuvchi 4ta jamoa ishtirok etadi - «Paxtakor-2», «Obod», «Tsementchi» hamda «Oqtepa».
O`zbekiston Kubogi. 1/16 final.
29 aprel (chorshanba)
«Bunyodkor-2» (Toshkent) – «Metallurg» (Bekobod) – 3:5 (3:3 – asosiy vaqt, 0:2 – qo`shimcha vaqt). 69 tomoshabin.
Hakamlar: X. Ro`ziev (Toshkent) – 8,5, R. Shoyaxmetov (Toshkent) – 8,3, R. Nu`monov (Toshkent) – 8,3, R. Lutfulin (Toshkent) - 9
Nazoratchi: Sh. Jumaev (Qarshi).
Gollar: N. To`xtasinov (50, 86), Sh. Anvarov (90) – A. Ziyovutdinov (26), D. Karimov (81, penalti, 90+1), Sh. Nurmatov (117), R. Vagapov (118).
Ogohlantirishlar: D. Jo`raev (45+1), S. Abdrahimov (85), N. To`xtasinov (98) – D. Ahmedov (32).
«Oqtepa» (Toshkent) – «Neftchi» (Farg`ona) – 4:1. 78 tomoshabin.
Hakamlar: A. Asimov (Toshkent) – 8,4, A. Rasulov (Toshkent) – 9,0, J. Saidov (Toshkent) – 9,0, D. Muxtarov (Toshkent) - 7
Nazoratchi: R. Serazetdinov (Toshkent).
Gollar: S. Rekun (13), T. Hakimov (35, 44), S. Usmonxo`jaev (40) – Sh. Hakimov (56).
Ogohlantirishlar: A. Holmatov («Neftchi», 90+4).
Chetlatish: S. Usmonxo`jaev («Oqtepa», 78)
1/8 final juftliklari:
«Lokomotiv» - «Navbahor»
«Andijon» - «Metallurg»
«Paxtakor-2» - «Buxoro»
«Oqtepa» - «Nasaf»
«Bunyodkor» - «Obod»
«So`g`diyona» - «Qo`qon-1912»
«Mash`al» - «Tsementchi»
«Sho`rtan» - «Paxtakor»
1/8 finalning dastlabki uchrashuvlari 3-4 iyun kunlari bo`lib o`tsa, javob uchrashuvlari 23 iyun kuni bo`lib o`tadi.