Oliy Liga 6-tur uchrashuvlariga start berildi

26.04.2015

Oliy Liga 6-tur uchrashuvlariga start berildi

Oliy Liga 6-tur bahslariga start berildi.

Olmaliqning «Olmaliq» klubi safarda «Buxoro»ga qarshi maydonga tushdi va ushbu mavsumdagi eng yirik g`alabasiga erishdi. Farg`onaning «Neftchi» klubi ham o`z maydonida Jizzaxning «So`g`diyona» klubini qabul qildi va yirik hisobda g`alaba qozondi.

«Navbahor»«Qizilqum» hamda «Mash`al» klublari ham o`z maydonidagi uchrashuvlarda raqiblarini mag`lubiyatga uchratishdi.

Turning qolgan o`yinlari 26 hamda 27 aprel kunlari bo`lib o`tadi.

6-tur. 25 aprel (shanba)
«Navbahor» (Namangan) – «Dinamo» (Samarqand) – 2:1. 4422 tomoshabin.
Hakamlar: V. Kovalenko (Toshkent) – 9,0, N. Ro`zimov (Toshkent) – 8,4, D. Saylalov (Toshkent) – 8,6, A. Shukrullaev (Toshkent) - 9
Nazoratchi: G. Karimov (Toshkent).
O`zPFL vakili: R. Chernikov.
Gollar: Sh. Erkinov (27), U. Baqoev (73) – M. Fomin (41).
27 daqiqada Sh.Erkinov penaltini aniq amalga oshira olmadi.
Ogohlantirishlar: D. Jabborov (16), s. Mamadaliev (40) – M. Fomin (46), D. Azimov (77).
Eng yaxshi o`yinchilar: U. Baqoev – P. Smolyachenko.

«Neftchi» (Farg`ona) – «So`g`diyona» (Jizzax) – 4:1. 7815 tomoshabin.
Hakamlar: I. Tantashev (Buxoro) – 8,0, B. Qodirov (Buxoro) – 8,0, A. Qo`ldoshev (Buxoro) – 8,6, D. Muxtorov (Toshkent) - 9
Nazoratchi: A. Arutyunov (Toshkent).
O`zPFL vakili: A. Frolov.
Gollar: Sh. Po`latov (10), B. Yoqubov (24), R. Ahmedov (38, 85) – S. Rashidov (90+4).
Ogohlantirishlar: B. Yokubov (45+2), Sh. Hakimov (87) – M. Muzaffarov (15), S. Rahmatov (45+2).
Eng yaxshi o`yinchilar: R. Ahmedov – M. Muzaffarov.

«Mash`al» (Muborak) – «Qo`qon-1912» (Qo`qon) – 3:0. 3302 tomoshabin.
Hakamlar: V. Tseytlin (Toshkent) – 9,3, M. Saidqosimov (Toshkent) – 9,2, T. Gaynulin (Toshkent) – 9,0, E. Tursunov (Buxoro) - 8
Nazoratchi: B. Galeev (Urganch).
O`zPFL vakili: B. Haydarov.
Gollar: V. Ivanov (11), Z. Qo`ziboev (28, 65).
Ogohlantirishlar: J. Jiyamurodov (37), Z. To`raev (45) – K. Muxamadjonov (35), I. Golban (78), V. Argun (90+3).
Eng yaxshi o`yinchilar: Z. Qo`ziboev – V. Argun.

«Qizilqum» (Navoiy) – «Andijon» (Andijon) – 1:0. 8418 tomshabin.
Hakamlar: Sh. Qosimov (Toshkent) – 8,8, A. Usmonov (Toshkent) – 8,6, S. Shoyusupov (Toshkent) – 8,6, Sh. Qayumov (Jizzax) - 8
Nazoratchi: R. Aytekov (Toshkent).
O`zPFL vakili: A. Inoyatov.
Gol: A. Derkach (46).
Ogohlantirishlar: A. Rahmonov (10), T. Vasilev (ikkisi ham-«Andijon», 68).
Eng yaxshi o`yinchilar: A. Derkach – J. Guseynov.

«Buxoro» (Buxoro) – «Olmaliq» (Olmaliq) – 0:4. 4812 tomoshabin.
Hakamlar: X. Ro`ziev (Toshkent) – 8,5, R. Fozilov (Namangan) – 8,6, M. Majidov (Namangan) – 8,3, I. Ibragimov (Nukus) - 9
Nazoratchi: D. Roman (Toshkent).
O`zPFL vakili: V. Letkin.
Gollar: Sh. Salomov (33, 90+3), A. Amonov (69), S. Qutiboev (76).
Ogohlantirishlar: O. Narzullaev (28), O. Isroilov (31), B. Xaushi (84) – D. Abdumo`minov (17), I. Inomov (61), T. G`aniev (62).
Eng yaxshi o`yinchilar: V. Plamadela – Sh. Salomov.

cola
apex
mib
mib
mib
mib